Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir

Partiya a’zosining huquq va majburiyatlari

Partiya a’zosi quyidagi huquqlarga ega:

– Partiyaning turli bo‘g‘indagi tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, o‘z qarashlarini erkin bayon etish va Partiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

– Partiyaning rahbar organlariga saylash va saylanish, ularga ariza va takliflar bilan murojaat etish;

– davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga Partiya nomidan nomzod sifatida tavsiya etilish;

– o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalanishida Partiya ko‘magidan foydalanish, konsultatsiyalar, huquqiy va boshqa yordamlar olish.

Partiya a’zosining majburiyatlari:

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, axloq prinsiplari va jamiyatning ma’naviy mezonlariga rioya qilish;

– Partiya Dasturi va Ustavi talablarini bajarish, partiyaviy intizomga qat’iy rioya qilish;

– Partiya rahbar organlari qarorlarini bajarish;

– o‘z faoliyati bilan Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishda ko‘maklashish;

– Partiya manfaatlarini himoya etish, uning g‘oya, maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish hamda ularni hayotga tatbiq etishda faol qatnashish;

– a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lab borish;

– Partiyaning rahbar organi yoki hududiy tashkiloti belgilagan tartibda muntazam ravishda partiyaviy o‘quvlarda qatnashish;

– davlat hokimiyatining qonunchilik, vakillik organiga deputat etib saylangan taqdirda Partiyaning deputatlik birlashmasi (fraksiyasi, partiya guruhi) tarkibiga kirish hamda Partiya S’ezdi, rahbar organlari va hududiy tashkilotlari qarorlari asosida faoliyat yuritish.

(Partiya Ustavining 4-bobi)