Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir

Bizning safimiz 1 000 812 nafar

Tanlang


Siyosiy partiyalarga a’zolik

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o‘zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo‘lishi mumkin.

Partiyaga mansubligiga ko‘ra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi shuningdek unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni to‘xtatib turishi yoxud butunlay to‘xtatishi shart. Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar:

  • sudyalar;
  • prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
  • ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari;
  • harbiy xizmatchilar;
  • xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Siyosiy partiyalarga a’zolik yakka tartibda qayd etiladi.

(“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi)

O‘zLiDePga a’zolik

- Partiyada chegaralangan a’zolik tartibi o‘rnatiladi. Partiyaga 18 yoshga to‘lgan, Partiya Dasturini tan oladigan va Ustavi talablarini bajaradigan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va jamiyatda egallagan mavqeidan qat’iy nazar, O‘zbekistonning har bir layoqatli fuqarosi a’zo bo‘lishi mumkin.

- Partiya a’zosi bir vaqtning o‘zida o‘zga partiyalarga yoki siyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida tuzilgan jamoat birlashmalariga (harakatlariga) a’zo bo‘lishga haqli emas.

- Partiya a’zosi Partiya Ustavini buzgani, Ustav talablarini bajarmagani, Partiya sha’niga dog‘ tushirgani yoki unga ziyon yetkazadigan hatti-harakatlari uchun tanbeh berilishi yoki Partiya safidan chiqarilishi mumkin.

(Partiya Ustavining 3-bobi)